O‘zbekiston bozoriga Spotify kirib kelmoqda

  •   DiMaX
  •  1064
  •  23.02.2021 17:26

O‘zbekiston bozoriga Spotify kirib kelmoqda

Spotify musiqa servisi 80 dan ortiq yangi bozorlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham kengayishi haqidagi rejalarini e’lon qildi. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar berayotir.

O‘QING: Spotify Rossiya, Qozog‘iston va yana bir qator davlatlarga kirib keldi

Spotify eng ommabop bo‘lgan ilovani e’lon qildi. 85 ta yangi mamlakatdagi milliarddan ziyod kishi audiostriming xizmatidan foydalanishi mumkin. Shuningdek, ilovaga 36ta til qo‘shildi.

Spotify O‘zbekistondan tashqari Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoda paydo bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Spotify elektron xizmat ko‘rsatuvchi provayder sifatida O‘zbekistonda soliq ro‘yxatidan o‘tgan edi.

O‘QING: Shazam shart emas: musiqalarni endi Telegram orqali tanib olish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!