O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

  •   DiMaX
  •  3453
  •  11.04.2019 17:05

O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda. «Axborot xizmatlari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar» mavzusidagi bu tadbir davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan, deb yozadi «Kun» nashri.

O‘QING: Bolalar pornografiyasi tufayli Apple bu ilovani App Store’dan olib tashladi

Tadbirning kirish qismida so‘zga chiqqan agentlik direktori birinchi o‘rinbosari Avazbek Xojimetovning ma’lum qilishicha, juda ko‘pchilik davlat idoralari axborot xizmati ko‘ngildagidek ishlamaydi va bu seminar aynan mana shu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.

Chunki bugungi kunda yagona axborot siyosatini yuritish, xurujlarga munosib va xolis javob qaytarish juda muhim masalaga aylangan.

Misol uchun, xorijiy nashrlardan birida poytaxt Toshkentda 30 mingdan ortiq uylar noqonuniy buzilayotgani haqidagi asossiz ma’lumot e’lon qilingan va uni milliondan ortiq foydalanuvchilar kuzatganlar. Buni rad etuvchi javob ikki kundan keyingina e’lon qilingan.

Davlat tashkilotlarining rasmiy sahifalarida ham muammolar yetarli. 159 davlat tashkiloti, 119 idoraning (74 foiz) rasmiy veb-saytlarida xabarlar muntazam to‘ldirib boriladi, biroq 40ta tashkilot saytida yangiliklar vaqtida yangilanmaydi, ya’ni haftasiga kamida bitta ma’lumot joylanmaydi. Agentlik tomonidan bu borada tegishli choralar ko‘rilmoqda, tushuntirish ishlari olib borilmoqda, taqdimnomalar kiritilmoqda.

Ba’zi davlat idoralari veb-saytlarda mentalitetimizga yot havola va giperhavolalar joylashtirilgan, ularning ayrimlari hatto pornografik xarakterda. Nazoratsiz qoldirilgan forumlarda foydalanuvchilar istagan ma’lumotlarini joylashtirmoqdalar. 178 davlat idorasi, 81 tashkilotning rasmiy Telegram-kanali yo‘q, borlarining ham faoliyati qoniqarli emas.

Tadbir davomida yetakchi mutaxassislar tomonidan axborot xizmati faoliyati va jamoatchilik bilan munosabatlarga oid treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘QING: Facebook foydalanuvchilardan o‘z yalang‘och rasmlarini jo‘natishlarini so‘rayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!