O‘zbekiston davlat sektoriga Zoom o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotadi. Avvalroq kompaniya buni taqiqlagandi

  •   DiMaX
  •  334
  •  09.04.2021 17:42

O‘zbekiston davlat sektoriga Zoom o‘z xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotadi. Avvalroq kompaniya buni taqiqlagandi

Zoom Video Communications kompaniyasi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining davlat tassarufidagi kompaniya va tashkilotlariga o‘z xizmatlaridan foydalanish huquqini sotishni taqiqlagan edi. Endi u Rossiya va boshqa MDH mamlakatlarida davlat tasarrufidagi kompaniya va tashkilotlariga onlayn konferensiya xizmatidan foydalanish huquqini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishini ma’lum qildi, deya xabar beradi Daryo.

O‘QING: Koronavirus to‘rtta kompaniyani dunyoning eng qimmat brendlari safiga olib chiqdi

«Zoom Rossiya va MDH mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko‘rsatishga sodiq qoladi. Biz mazkur hududlardagi videokonferensaloqa xizmati bozoridagi yondashuvimizni rivojlantirish bosqichidamiz. Ayni paytda ham davlat, ham xususiy sektordagi yangi va avvaldan mavjud bo‘lgan foydalanuvchilar Zoom xizmatlarini sotib olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-saytimiz orqali so‘rov yuborishi mumkin», — deyiladi bayonotda.

Zoom avvalroq MDH mamlakatlari davlat sektoriga o‘z videoaloqasidan foydalanish huquqini sotishni taqiqlagan edi. Shuningdek, «Kommersant’» nashri Zoom’ning Rossiyadagi distribyutori RightConf kompaniyasi xatiga asoslanib, taqiq haqida xabar berdi. Kompaniya bosh direktori Andrey Petrenko hujjatning haqiqiyligini tasdiqladi. Shu tarzda universitetlar, davlat kompaniyalari va davlat idoralari Zoom korporativ aloqalaridan foydalana olmasligi, ularning videokonferensiyalari standart 40 daqiqa bilan cheklanishi ma’lum qilingan. Rossiya Milliy tadqiqot universiteti oliy iqtisodiyot maktabi 7 apreldan boshlab dastur xizmatlaridan foydalana olmasliklarini e’lon qildi.

Shuningdek, ekspertlar mahalliy yechimlar (masalan, Yandex) videokonferensaloqa bozorida Zoom o‘rnini bosishi mumkinligini aytgan. Mart oyi oxirida Rossiya Raqamli sanoat vazirligi rahbari Maqsut Shadayev Zoom’ning rus analogi 2022 yilda tayyor bo‘lishini aytgan edi.

Ma’lumot uchun, Zoom Video Communications videoaloqa xizmati 2011 yildan beri ishlab kelmoqda. Koronavirus pandemiyasi va o‘nlab hukumat muassasalarning o‘zini o‘zi izolyasiya qilish choralari fonida Zoom’ning obro‘si keskin oshdi va millionlab foydalanuvchilar ushbu dasturdan foydalanishni boshladi.

O‘QING: Diniy saboq o‘rtasida porno-rolik namoyish etilgani uchun Zoom’ni sudga berishdi