O‘zbekiston internet tezligi (fevral oyi)

O‘zbekiston internet tezligi (fevral oyi)

Ookla kompaniyasining speedtest.net, internet tezligini o‘lchovchi xizmati 2022-yil fevral oyiga ko‘ra dunyo bo‘ylab o‘rtacha mobil va keng polosali tezligi natijalarini chiqardi.

Mobil internet tezligi bo‘ycha 138 mamlakatlar qatnashgan ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 13.80 mb/s yuklab olish va 7.05 mb/s yuklash tezligi bilan 116-o‘ringa tushib qolgan. O‘tgan oy, yanvarda esa ushbu ko‘rsatkich 13.85 mb/s yuklab olish va 6.62 mb/s yuklash tezlik bilan 115-o‘rinda edi.

Keng polosali internet tezligi bo‘yicha esa 37.91 mb/s yuklab olish va 36.68 mb/s yuklash tezligi bilan 180 mamlakat ichida 85-o‘ringa tushib qolgan. Yanvar oyida esa 36.85 mb/s yuklab olish, 36.13 mb/s yuklash tezligi bilan 84-o‘rinda bo‘lgan.

Umuman, dunyo bo‘ylab o‘rtacha mobil tezligi fevral oyida 29.91 mb/s yuklab olish va 8.54 mb/s yuklash tezligini tashkil qilmoqda. O‘rtacha keng polosali internet tezligi esa 60.76 mb/s yuklab olish va 25.95 mb/s yuklash natijasini qayd etgan.

140 ga yaqin mamlakat ichida soniyasiga 133.51 MB yuklab olish tezligi bilan Birlashgan Arab Amirliklari har doimgidek birinchilikni egallab turibdi. Chili mamlakati esa sekundiga 197.59 MB yuklab olish tezligi bilan keng polosali internet yo‘nalishi eng yuqori o‘rinni egallangan.

O‘QING: Telegram Braziliyada bloklandi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.