O‘zbekiston internet xavfsizligi to‘g‘risidagi Parij chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston internet xavfsizligi to‘g‘risidagi Parij chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi

12 noyabr kuni Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Internetni boshqarish bo‘yicha forum o‘tkazilishi munosabati bilan kibermakonda ishonch va xavfsizlikka Parij chaqirig‘i bo‘yicha nutq so‘zladi. Kibermakonda xavfsizlikni ta’minlashning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishga chaqiruvchi deklaratsiya O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deya xabar qildi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

Hujjatda qayd etilishicha, kibermaydon, bu — nafaqat imkoniyatlar, balki yangi tahdidlar makoni hamdir. Kiberjinoyatchilik va yovuz maqsadli harakatlarning rivojlanishi ham xususiy ahamiyatga molik ma’lumotlar, ham infratuzilma ob’yektlari xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Onlayn makonlarda fuqarolar huquqlariga rioya etilishini ta’minlash va ularni himoya qilish uchun davlatlar birgalikda harakat qilishi hamda xususiy sektordan, tadqiqotchilar doiralari va fuqarolik jamiyatidan ham hamkorlarni jalb qilishi lozim», — deyiladi hujjatda.

Parij chaqiruvini 51 davlat qo‘llab-quvvatlamoqda.