O‘zbekiston IT-xabarlari: xakaton, metroga smartfon orqali to‘lash va boshqalar

  •   DiMaX
  •  651
  •  11.11.2020 10:02

O‘zbekiston IT-xabarlari: xakaton, metroga smartfon orqali to‘lash va boshqalar

Keyingi kunlarda yurtimiz hayotida axborot texnologiyalariga daxldor bir necha voqealar yuz berdi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ayrim IT-xabarlarni ulashdi.

O‘QING: «O‘zbektelekom» arzon UZCLOUD.UZ videokonferens-aloqa platformasini taqdim etdi

«Open Data Challenge 2020» xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-Park) «Open Data Challenge 2020» xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlanganini e’lon qildi.

«Open Data Challenge 2020» xakatoni — bu O‘zbekiston iqtisodiyoti, axborot texnologiyalari va tadbirkorlikda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgan har yili o‘tkaziladigan tanlov.

Ishtirokchilar oldiga uch kun davomida ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda aniq raqamli yechimlar (ilova, xizmat, elektron qurilma) ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi. Bundan tashqari, 3 kun davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan olib boriladigan treninglar va master klasslar hamda BootCamp’da ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ta’kidlash joizki, xakatonning to‘rt yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar IT-Parkning akseleratsiya intensiv dasturidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tanlov 2020 yil 4 dekabrdan 6 dekabrgacha onlayn tartibda o‘tkaziladi!

Xakaton haqida batafsil bilish va ishtirok etish uchun ariza berish: http://datahack.uz/

O‘QING: O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi e’lon qilindi

Bugun «mGovAward» tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi

11 noyabr kuni «mGovAward» talaba-yoshlari o‘rtasida respublika tanlovining taqdirlash marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «mGovAward» tanlovi IT-Park tomonidan O‘zbekiston respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining BAA bilan «Davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish» yo‘nalishidagi hamkorligi doirasidagi ko‘magi bilan tatbiq etilgan. Mazkur tanlovning mukofot jamg‘armasi $100 mingga teng.

Tadbirda siz ekspertlar xulosasi va va jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga va ovoz berish natijalariga ko‘ra eng yaxshi davlat mobil ilovalarni ishlab chiqqan g‘oliblar taqdirlanadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soan 12:00 da boshlanadi.

Marosimda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak: https://hopin.to/events/mgov-awards

O‘QING: Operatorlarimiz reytingida jiddiy o‘zgarish: endi kimda qancha abonent bor? (+infografik video)

Yagona portalda yangi xizmat joriy etildi

Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborsa ham bo‘ladi. Mazkur xizmat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarimizga qulayilik yaratadi. Xizmat bir kun mobaynida ko‘rsatiladi. Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/363

Bundan tashqari, fuqarolarimizga mazkur portal orqali doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashash muddatini ko‘rsatuvchi ma’lumotnomani olish imkon yaratilgan.

Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining «Ma’lumotnomalar» turkumida «Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyida yashayotgan muddati ko‘rsatilgan ma’lumotnoma» xizmatini topib, so‘rov yuborish kerak. Yagona portal avtomatik ravishda ma’lumotnoma sifatida yuklab olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/view/367

O‘QING: Yagona portal orqali endi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga kirish mumkin!

O‘zbekiston talabalari «Seeds for the Future» onlayn dasturida ishtirok etishdi

Huawei kompaniyasi olti yildan buyon har yili O‘zbekistonda «Seeds for the Future» (Kelajak nihollari) loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Uning doirasida TATUning 50 nafar talabasi o‘tgan yillar davomida kompaniyaning Xitoydagi shtab-kvartirasida amaliyot o‘tashdi.

Butun dunyoda pandemiya tufayli yuzaga kelgan hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda, bu yil «Seeds for the Future» loyihasi onlayn tarzda o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan AKT maktabidan tanlab olingan 30 nafar talaba loyiha bo‘yicha onlayn tarzda qator dolzarb IT yo‘nalishlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishdi: 5G texnologiyalari, bulutli hisoblash, sun’iy intellekt hamda HMS texnologiyalari shular jumlasidandir.

O‘QING: Atigi 10000 so‘mlik tarif rejasida endi 3,5 GB internet, 700 daqiqa va 200 SMS beriladi!

Payme metroda smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlar tizimini sinamoqda

Payme kompaniyasi «Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi operatori» (ATTO) MChJ bilan birga «Abdulla Qodiriy» metro bekatida PaymeGo servisi orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimini sinovdan o‘tkazmoqda.

PaymeGo tizimi yo‘lovchilarga smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Buning uchun smartfonda Payme ilovasiga kirib PaymeGo servisiga kirish kerak. Mobil qurilma bir to‘lov uchun mo‘ljallangan QR-kodni yaratib beradi.

Keyingi bosqichda yo‘lovchi telefonning ekran yuzini validatorga yaqinlashtirish kerak. Kerakli summa avtomatik ravishda plastik kartadan yechiladi, va yo‘lovchiga bu haqda SMS-xabarnoma keladi.

O‘QING: Markaziy bank O‘zbekistonda qachon PayPal ochilishini ma’lum qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.