O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 230 mamlakat orasida 21-o‘rinda!

  •   DiMaX
  •  816
  •  21.04.2021 13:17

O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 230 mamlakat orasida 21-o‘rinda!

Buyuk Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu xususda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk 5G tijoriy tarmog‘i ishga tushdi!

Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida mamlakatimiz ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi o‘rtacha narxi – $0,6 ekanligi qayd etildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, 2020 yilning fevral oyida ushbu saytda O‘zbekistonda 1 Gb mobil internet narxi 1,34 AQSh dollarini, ya’ni 14 050 so‘mni tashkil etgan. Mobil internet narxi arzonligi bo‘yicha ro‘yxatda O‘zbekiston 54-o‘rinni egallaganini ko‘rsatgan edi.

https://www.cable.co.uk resursining ma’lumotlari quyidagi metodologiya asosida shakllantiriladi: mamlakatdagi barcha aloqa operatorlarining ma’lum xizmati uchun narxlari, ushbu holatda 1 Gb mobil internet trafik narxlari haqida ma’lumotlar olinib, ularning o‘rtacha qiymati (mediana) belgilanadi va reytingga kiritiladi. Tahlil uchun asosan Internet xizmatidan foydalanish uchun mo‘ljallangan tarif rejalar va xizmatlar haqida ma’lumotlar olingan.

O‘QING: O‘zbekistonda internet nega qimmat? – AKT vazirligi izoh berdi