O‘zbekiston qonunlarini buzayotgan «Vkontakte», Twitter va WeChat

  •   DiMaX
  •  415
  •  31.05.2021 16:55

O‘zbekiston qonunlarini buzayotgan «Vkontakte», Twitter va WeChat

«Vkontakte», Twitter va WeChat ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani aniqlandi. Buning uchun «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent-Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi, deb yozadi O‘ZKOMNAZORAT.

O‘QING: Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

Vakolatli davlat organlari tomonidan 2021 yil may oyida o‘tkazilgan monitoring natijasida «Mail.ru Group» kompaniyasining «VKontakte», «Twitter Inc» kompaniyasining Twitter hamda «Tencent Inc» kompaniyasining WeChat ijtimoiy tarmoqlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlariga «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 271-moddasi talablariga rioya etmayotgan holda ishlov berilayotgani aniqlandi va bu haqida O‘zkomnazoratga xulosa kiritildi.

Mazkur ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiga doir ma’lumotlarga qonun talablariga zid ravishda ishlov berilayotgani uchun O‘zkomnazorat tomonidan «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 271-moddasi talablariga rioya etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish yuzasidan «Mail.ru Group», «Twitter Inc» va «Tencent Inc» kompaniyalariga ko‘rsatmalar berildi.

O‘QING: O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi mumkinmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!