O'zbekiston raqamlashtirish bo'yicha xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarga ko'tarildi!

O'zbekiston raqamlashtirish bo'yicha xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarga ko'tarildi!

Mamlakatning jahon miqyosida obro‘sini yuksaltirish, mavqeyini mustahkamlash va shaffoflikni ta’minlash uchun xalqaro reytinglarning o‘rni muhim.

2022-yilgi xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rni sezilarli darajada ko‘tarildi.

Xususan, Jahon bankining “GovTech Enablers” indeksiga muvofiq, raqamli ko‘nikmalar va davlat xizmatlaridagi innovatsiyalar bo‘yicha mamlakatimiz 2020-yilga nisbatan 65 pog‘ona yuqoriladi“GovTech Maturity Index” natijalariga ko‘ra, hukumat va davlat xizmatlari sektori bo‘yicha esa 37 pog‘ona yuqorilab, 198 mamlakat ichida raqamli transformatsiya sohasida yetakchi mamlakatlarning “A” guruhiga kirdi.

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan har 2 yilda bir marta o‘tkaziladigan Elektron hukumat reytingining (E-Government Survey) joriy yilgi natijasida O‘zbekiston bir yo‘la 18 pog‘ona yuqorilab, “yuqori/juda yuqori rivojlanuvchi” mamlakatlar qatoriga kirdi.

“Oxford Insights” tomonidan o‘tkazilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” (“Government Artificial Intelligence Rea dines Index”) tahlilida 2022-yil mamlakatimiz 160 ta davlat ichida 14 pog‘ona yuqoriladi.

Shuningdek, Buyuk Britaniyaning “Oxford Insights” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi”da (“Government Artificial Intelligence Rea dines Index”) ko‘rsatilgan statistika bo‘yicha O‘zbekiston 160 ta davlat ichida 2019-yilda 158-o‘rinni, 2020-yilda 95-o‘rinni, 2021-yilda 93-o‘rin va 2022-yilda 79-o‘rinni (o‘sish +14) egallagan.

“Open data Inception”ning 2022-yilgi tahliliga ko‘ra, dunyoning 201 ta mamlakatlari orasida ochiq ma’lumotlar manbalari va ular soni bo‘yicha O‘zbekiston 124 ta ochiq ma’lumotlar manbalari bilan 4-o‘rinni egallagan (1-o‘rin AQSH – 641 ta manba, 2-o‘rin Fransiya – 381 ta manba, 3-o‘rin Ispaniya – 307 ta manba). 2021-yilda mazkur ko‘rsatkichda respublikamiz 99 ta manba bilan 5-o‘rinni egallagan.

Buyuk Britaniyaning xalqaro nufuzli Cable.co tashkiloti tomonidan 233 ta davlat orasida O‘zbekiston Respublikasi mobil internet narxi eng past bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritildi. Mazkur reytingda mamlakatimiz 21 o‘rindan (2021-yil 1-yarim yillikda) 15 o‘ringa (2022-yil 1-yarim yillikda) ko‘tarildi. Bunda davlatimiz Kozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarini ortda qoldirdi.

Shuningdek, The Economist Intelligence Unit tomonidan har yil e’lon qilinadigan “Inclusive Internet” indeksida respublikamiz o‘tgan yilga nisbatan 5 pog‘ona ko‘tarilib (2021-yilda 66-o‘rin) 2022-yilda 61-o‘rinni egalladi.  

Ookla tomonidan davlatlarning mobil va simli internet tezligini tahlil qiluvchi SpeedTest Global Index e’lon qilinib, ushbu indeksda Respublikamiz 2021-yil yakunida mobil internet tezligi bo‘yicha dunyo davlatlari orasida 128-o‘rinni hamda simli internet tezligi bo‘yicha 94-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2022-yil oktabr oyi yakuniga qadar ushbu ko‘rsatkichlarimiz 116-o‘ringa (mobil internet tezligi) va 88-o‘ringa (simli internet tezligi) ko‘tarildi.

Qolgan reytinglar bo‘yicha batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali ko‘rish mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!