O‘zbekiston to‘qqiz oyda qayerlardan va nechta elektromobil sotib olgan?

  •   DiMaX
  •  989
  •  27.10.2020 17:33

O‘zbekiston to‘qqiz oyda qayerlardan va nechta elektromobil sotib olgan?

Mamlakatimizda sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida e’lon qilindi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Tesla «damini olsin!» – Mercedes-Benz rekordchi elektromobilni e’lon qildi

2020 yilning 9 oyi davomda esa O‘zbekistonga xorijdan jami 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.

O‘QING: Lucid Air elektromobili Tesla’ning barcha rekordlarini bir pul qildi! («jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!