O‘zbekistonda Android hamda iOS'ning ulushi qanchani tashkil qiladi?

O‘zbekistonda Android hamda iOS'ning ulushi qanchani tashkil qiladi?

Blooberg nashri turli davlatlardagi smartfonlarda Android va iOS’ning ulushini hisoblab chiqdi. Bu haqda Spot.uz habar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda kishi boshiga 0,76 mobil telefon to‘g‘ri keladi. Aytish lozimki, O‘zbekiston aholi soni mobil telefonlar sonidan ko‘p bo‘lgan kamyob davlatlar qatoriga kirgan.

Shuningdek, deyarli butun aholi Android (87%) dan foydalanadi. iOS’ning ulushi esa atigi 10 foizni tashkil qiladi. Boshqa alternativ operatson tizimlar esa 3 foiz ulushga ega.

Android nafaqat yurtimizda, balki, butun dunyodi yetakchilik qilmoqda. AQSh, Buyuk Britaniyada natijalar deyarli barobar ko‘rsatkichga ega. Yaponiyada esa iOS’ning ulushi 70 foizni tashkil qiladi. Avvalroq, HongMeng OT shuningdek iOS’ning ulushiga ham sezilarli tarzda negativ ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandik. 

O‘QING: Apple iOS 13 operatsion tizimi taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!