O‘zbekistonda ASUS noutbuklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ASUS noutbuklarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston, 2022 yil 20 iyul – ASUS O‘zbekiston bozorida kirib kelgan yoki yaqin kunlarda do‘konlar peshtaxtalarida paydo bo‘ladigan yangi noutbuklar taqdimotini o‘tkazdi. Noutbuklardagi yangiliklar qatoriga OLED displey, yuqori unumdorlikdagi so‘nggi avlod komponentlar, shuningdek, turli xil ilg‘or funksiyalarni kiritish mumkin.

• Vivobook Pro va Vivobook S seriyalari: 120 gerts yangilanish chastotasida ishlovchi OLED displey; 12-avlod Core i9 yoki AMD Ryzen 9 6000 protsessori bilan jihozlangan.

• Vivobook seriyasi: ASUS antibakterial himoyasi

• Ish unumdorligini oshiring: Zenbook Pro va S seriyasi yuqori unumdorlikni taqdim etuvchi kompnentlar hamda OLED displeyiga ega bo‘lgan yengil va ingichka qurilmalarni taqdim etadi.

• Eng kuchli Zenbook noutbuki: Zenbook Pro 16X OLED - yangilangan faol aerodinamik sovutish tizimiga ega flagman noutbuk.

• Takomillashgan ikki displeyli noutbuk: Zenbook Pro 14 Duo OLED - havo sovutish tizimi (AAS Ultra) hamda oldingi avlodnikiga qaraganda kattaroq va yorqinroq ScreenPad Plus qo‘shimcha ekraniga ega bo‘lgan noutbuk.

• Yuqori unumdorlikdagi yangi o‘yin noutbuklari: ROG Zephyrus Duo 16, ROG Flow Z13, ROG Zephyrus G14, ROG Strix SCAR va Strix G.

• Biznes segmentidagi ExpertBook noutbuklari: yuqori unumdorlik, MIL-STD-810H sertifikati va korporativ darajadagi xavfsizlik.

Vivobook Pro va Vivobook S: Kundalik vazifalar uchun eng so‘nggi turdagi noutbuklar

Vivobook Pro - intiluvchan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan kuchli va hamyonbop noutbuklar bo‘lib, bu turdagi noutbuklar OLED displey, NVIDIA GeForce RTX grafik kartali so‘nggi 12-avlod Intel Core yoki AMD Ryzen 6000 protsessorlari bilan jihozlangan. Ushbu noutbuklar qatoriga 16 dyuymli Vivobook Pro 16X OLED (N7601/M7601), 15.6 dyuymli Vivobook Pro 15X OLED (K6501/M6501), 14.5 dyuymli Vivobook Pro 14X OLED (N7401), 16 dyuymli Vivobook Pro 16 OLED (K6602) va 15.6 dyuymli Vivobook Pro 15 OLED (K6502/K6500/M6500) modellar kiradi. Ularning ichida 3.2K rezolyutsiyadagi hamda 120 gerts chastotada ishlovchi dunyodagi birinchi 16 dyuymli OLED displeyi bor.

Vivobook S - Vivobook seriyasidagi eng yengil va eng yupqa noutbuk bo‘lib, uning korpus qalinligi 17.9 millimetr, og‘irligi esa 1.6 kilogrammni tashkil qiladi. Qurilma yengil va ingichkaligiga qaramay, yirik noutbuklar kabi yuqori unumdorlikni taqdim etadi. Ushbu seriyadagi noutbuklarning korpusi metalldan yasalgan hamda ularga NanoEdge ingichka ramkali OLED displeyi o‘rnatilgan. 2022 yilgi Vivobook S seriyasiga - 14.5 dyuymli Vivobook S 14X OLED (S5402/M5402), 16 dyuymli Vivobook S 16X OLED (S5602/M5602), 14 dyuymli Vivobook S 14 OLED (K3402/M3402) va 15.6 dyuymli Vivobook S 15 OLED (K3502/M3502) noutbuklari kiradi.

Barcha 2022 yilgi Vivobook modellarining 80 foizi, shuningdek, ba’zi Zenbook modellari ASUS Antibacterial Guard qoplamiga ega. Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu qoplam 24 soat davomida bakteriyalarning tarqalishini 99% ga kamaytiradi. Kumush ion qoplamasi noutbukdagi zararli bakteriyalarning insonga o‘tishini oldini oladi. Uning ta’siri kamida uch yilgacha yo‘qolmaydi.

Zenbook: unumdorlikning yangi bosqichi

2022 yilgi Zenbook Pro va Zenbook S seriyasida premium turdagi ixcham va transformer noutbuklar taqdim etildi. Flagman darajadagi Zenbook Pro 16X OLED (UX7602) noutbuki innovatsion dizayn va kuchli texnik ko‘rsatkichlariga ega, jumladan, qurilma faol aerodinamik sovutish tizimi (AAS Ultra), 12-avlod Intel Core i9-12900H protsessori, noutbuklar uchun mo‘ljallangan NVIDIA GeForce RTX 3060 video kartasi hamda 120 gertsda ishlovchi 2.8K rezolyutsiyadagi OLED displeyi bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, ikki displeyli yangi noutbuklar ham taqdim etildi. Misol uchun, Zenbook Pro 14 Duo OLED (UX8402) modeli. 120 gerts chastotada ishlovchi 2.8K rezolyutsiyadagi 14.5 dyuymdagi OLED displeyli ushbu noutbuk 12.7 dyuymdagi sensorli ScreenPad Plus qo‘shimcha displey va faol aerodinamik sovutish tizimiga ega.

Bundan tashqari, 13.3 dyuymli OLED displeyi bilan jihozlangan Zenbook S 13 OLED (UM5302) va Zenbook seriyasidagi birinchi 17.3 dyuymli noutbuk Zenbook Pro 17 (UM6702) modeli taqdim etildi. Ixcham va zamonaviy dizayndagi Zenbook noutbuklari yuqori unumdorlikni taqdim etadi.

ROG: Premium turdagi takomillashgan geymerlar noutbuki

ROG Zephyrus Duo 16

Ikkinchi dispeyga ega bo‘lgan yangi ROG Zephyrus Duo 16 flagman geyming noutbuki yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan o‘yin qurilmalari uchun yangi standartni yaratadi. Ushbu noutbuk 2022 yilda yangilangan ROG ScreenPad Plus displey, AMD Ryzen R9 6980HX protsessori va NVIDIA GeForce RTX 3080 Ti video kartasi bilan jihozlangan. Conductonaut Extreme suyuq metallidan protsessorning termal interfeysi sifatida foydalanish uning haroratini odatiy termal pastalarga qaraganda 15°C darajaga kamaytiradi. AAS Plus 2.0 faol aerodinamik sovutish tizimining takomillashtirilgan versiyasi uchun ikkinchi displey ostidan havo kiruvchi tuynuk ochilgan. Bu havo oqimini 30% ga oshirib, noutbuk ichidagi komponentlarni yaxshiroq sovutish uchun xizmat qiladi.

Zephyrus Duo 16 ikki xil displey konfiguratsiyasida bo‘ladi, birinchisi 1100 cd/m2 gacha bo‘lgan mini LED yoritgichli ROG Nebula HDR, ikkinchisi esa 4K 120 gerts hamda FullHD 240 gerts o‘rtasida almashish imkonini beruvchi ikkita displeyli versiya. Noutbuk ochilganda, yangi aylanuvchi mexanizm ROG ScreenPad Plus displeyini 13°daraja burchak ostida ko‘taradi va orqaga suradi. Natijada, ikkinchi displey asosiy displeyga qo‘shilib, bitta ish joyini tashkil qiladi.

ROG Flow Z13 (GZ301), ROG Zephyrus G14 va ROG Strix

ROG Flow Z13 - Windows 11 operatsion tizimida ishlaydigan dunyodagi eng kuchli geyming planshet bo‘lib, unga Intel Core i9-12900H protsessori, NVIDIA GeForce RTX 3050 Ti video kartasi va 5200MHz LPDDR5 tezkor xotirasi o‘rnatilgan. Bunday palnshet bilan yuqori garfikadagi o‘yinlarni bemalol o‘ynash mumkin. Qurilma juda yupqa, vazni ham yengil.

ROG Flow Z13 modeli 20 asr kosmik poygasidan ilhomlangan retro-futuristik dizaynga ega bo‘lib, u ROG brendining kelajakdagi geyming qurilmalari dizaynini o‘zida aks ettiradi. Qurilmaning ixchamligi uning asosiy muhim jihatlaridan biridir.

Planshetda o‘yinni boshqarish uchun odatiy sichqoncha, klaviatura, ekran sensori yoki maxsus geympaddan foydalanish mumkin. Stend bilan displeyni 170° darajagacha qayrisa bo‘ladi. Planshetning forma faktori sabab barcha asosiy komponentlarni odatiy noutbuklar kabi klaviatura ostiga emas, balki ekran orqasiga joylashtirgan. Bu esa komponentlarga ko‘proq havo oqimini borishiga yordam beradi, shunda planshetning unumdorlik darajasi tushib ketmaydi.

Maksimal unumdorlik va bog‘lanishlar uchun planshet XG Mobile tashqi grafik moslamalri bilan integrallasha oladi. 2021 yilda taqdim etilgan XG Mobile'ga NVIDIA GeForce RTX 3080 video kartasi, 2022-e yilgi modelga esa AMD Radeon RX 6850M XT grafik kartasi o‘rnatilgan, shuningdek, ushbu qurilmalarda USB, DisplayPort, HDMI va Ethernet portlari mavjud.

Tadbirda, shuningdek, AniMi Matrix animatsion yoritgichli Nebula QHD/120 gerts displeyli yangilangan ROG Zephyrus G14 va kibersport ishqibozlari uchun yangi dizayndagi ROG Strix (G533Z / G733Z va G513R/G713R) noutbuklari taqdim etildi.

ExpertBook: biznesda eng ishonchli yechim

2022 yilgi ExpertBook B7 Flip (B7402) noutbuki 360 gradusga aylana oluvchi 14 dyuymdagi sensorli displey, 5G'ni qo‘llab-quvvatlash imkoniyati va dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikda va xavfsiz simsiz internetga ulanish uchun Wi-Fi 6E'ga ega bo‘ldi. Qurilma 12-avlod Intel Core i7 protsessori, Intel Graphics Xe video kartasi va 64GB operativ xotira bilan jihozlangan. Noutbuk akkumulyatorining avtonomlik vaqti 11 soatni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, tadbirda yangi ExpertBook B5 (B5402) noutbuklari taqdim etildi. Ular ixcham va engil (1.79 mm korpus qalinligi 1.25 kg og‘irlik) bo‘lib, ularning korpusi metalldan yasalgan. ExpertBook B2 (B2402C/B2502C) va B2 Flip (B2402F/B2502F) biznes klass noutbuklari bilan ofisdagi va xizmat safaridagi ishlarni bajarish mumkin. Klassik B2 va transformer B2 Flip noutbuklari 14 yoki 15.6 dyuymli versiyalarda taqdim etilgan.

Ushbu noutbuklar smart karta, yoritgichli klaviatura va ASUS Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi. 5G esa yuqori tarmoq tezligini taqdim etadi. Barcha ExpertBook noutbuklari AQShning MIL-STD-810H harbiy sanoat standartiga mos keladi, ya’ni ushbu noutbuklar turli xil zarb va silkinishlarga chidamli, bundan tashqari, past haroratda ham ishlay oladi. Shuningdek, ular turli xil bosim va zarba testlarini o‘z ichiga olgan ASUS'ning ichki sinovlaridan ham o‘tadi.

ASUS Global News: https://www.asus.com/news
ASUS Global Facebook: https://www.facebook.com/asus
ASUS Global Twitter: https://www.twitter.com/asus

ASUS kompaniyasi haqida

ASUS innovatsion texnologiyalar bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. ASUS qurilmalari va komponentlari butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga ajoyib tajriba va qulayliklar olib keladi.

Kompaniyada besh mingdan ortiq birinchi darajali muhandislar ishlaydi. ASUS qurilmalari mukammallik, innovatsiya va dizayn uchun kuniga o‘rtacha 11 ta mukofot oladi. ASUS Forbes ma’lumotlariga ko‘ra dunyodagi eng obro‘li kompaniyalardan biri hisoblanadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!