O‘zbekistonda bitta shaharning barcha hududi bepul Wi-Fi bilan qamrab olinadi!

  •   DiMaX
  •  3228
  •  01.07.2020 10:59

O‘zbekistonda bitta shaharning barcha hududi bepul Wi-Fi bilan qamrab olinadi!

2020 yil 30 iyun kuni Navoiy shahrida Navoiy viloyati hokimligining tashabbusi hamda «Sensorika» MChJ tomonidan tomonidan o‘ziga xos loyiha amalga ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: 20 yildagi eng yirik yangilanish: uyingizda Wi-Fi endi 5G tezligida ishlaydi!

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining grant loyihasi asosida joriy etilayotgan mazkur loyiha mamlakatimiz, qolaversa, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lib, aynan Navoiy shahrida amalga oshirilmoqda va natijada shaharning barcha hududlarini yagona markazlashgan bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

Hotspot dasturi O‘zbekistonda Wi-Fi tarmoqlarni boshqarish innovatsion server dasturi bulib, turistik ob’yektlar, davlat tashkilotlari va tadbirkorlik ob’yektlarida simsiz tarmoqni boshqarish imkonini beradi.

Dasturning server qismi yordamida mijozlarni Wi-Fi tarmog‘iga SMS orqali ulash va identifikatsiya qilish va ularga turli ma’lumotlar xamda reklama ko‘rsatish orqali internetga kirish uchun ruxsat berish tizimi hisoblanadi.

O‘QING: Wi-Fi vs 4G: smartfon quvvatini qay biri tezroq tugatadi? (+«jonli» video)

Loyihaning ishga tushirilishi jarayonida Navoiy viloyati hokimi K.Tursunov ishtirok etib, shaharni Wi-Fi tarmog‘i bilan ta’minlashni boshlaydigan ramziy pult bilan start berdi.

Dasturni moliyalashtirish ishlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayni paytgacha loyiha doirasida Latviyaning Mikrotik kompaniyasidan 218 million so‘mlik Wi-Fi qurilmalari olib kelindi.

Bugun ushbu loyihaning dastlabki bosqichi ishga tushirildi va Navoiy shahrida 150 dan ortiq nuqtalarga zarur texnik uzatma moslamalari (routerlar) o‘rnatildi.

Ushbu jarayon joriy yil oxiriga qadar davom etadi. Navoiy shahrida 400 ta mana shunday moslamalar o‘rnatiladi hamda 6-10 kilometr radiusda butun shahar bo‘ylab Wi-Fi tarmoqlari ishga tushiriladi.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!