O‘zbekistonda blokcheyn istiqbollariga bag‘ishlangan sammit bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  438
  •  17.04.2019 08:03

O‘zbekistonda blokcheyn istiqbollariga bag‘ishlangan sammit bo‘ladi

Shu yilning 6 may kuni «O‘zbekistonda blokcheyn: raqamli iqtisodiyotning istiqbollari» sammiti bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabi xalqaro Vestminster universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazadi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: O‘zbekistonda blokcheyn: biletlar savdosining yagona tizimi shu yil oxirigacha ishga tushadi!

Prezidentimizning 2018 yil 3 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu munosabat bilan axborot texnologiya platformalarida faoliyat yuritadigan raqamli iqtisod jadal sur’atlar bilan bilan rivojlanmoqda, bu esa ushbu platformalarning yangi modellarini yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Sammit doirasida blokcheyn sohasidagi yetakchilar va innovatorlar moliya, ta’minot tizimi, telekommunikatsiya, hukumat, ijtimoiy tovarlar, transport va energetika kabi ko‘plab sohalarning raqobatbardoshligiga ta’sir qiluvchi raqamli iqtisodiyotning asosiy elementlari haqida so‘zlab beradi. Sammit ishtirokchilari ushbu yangi avlod texnologiyasi qo‘llanilishi, zamonaviy iqtisodiyotda tranzaksiyalarni amalga oshirilishi, shuningdek, xalqaro tajriba doirasidagi istiqbolli misollar haqida bilimga ega bo‘ladi.

Sammit davomida bozor islohotlari, rivojlanish maqsadlari va iqtisodiy raqobatbardoshlikka erishish yo‘lida blokcheyn texnologiyasining ahamiyati, raqamli aktivlar: kripto aktivlar doirasida investitsiya faoliyati, savdo va birja, blokcheyn: raqamli axborot tarmoqlarining evolyusiyasi kabi mavzular muhokama qilinadi.

O‘QING: Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!