O‘zbekistonda Clubhouse ilovasining Android-versiyasi chiqadigan kun ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  564
  •  17.05.2021 12:56

O‘zbekistonda Clubhouse ilovasining Android-versiyasi chiqadigan kun ma’lum bo‘ldi

Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i dastlab faqat iOS operatsion tizimi uchun taqdim etilgan bo‘lib, kuni kechagina uning Android talqini ham chiqqan. Ammo hozircha uni faqat AQSh, Angliya, Kanada, Avstraliya hamda Yangi Zelandiyadagi foydalanuvchilargina ishlata oladilar.

O‘QING: Shaxsiy ma’lumotlaringizni qaysi messenjer eng kam, qaysilari ko‘proq «kavlashtiradi»?

Engadget nashrining yozishicha, Android-gadjetlar uchun Clubhouse kliyenti shu haftadayoq butun dunyodagi barcha xohlovchilarga taqdim qilinadi. Bu jarayon ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 18 may kunidan boshlab Braziliya, Yaponiya hamda Rossiyadagi «yashil robotchali» devayslar egalari undan foydalana oladilar.

Oradan uch kun o‘tib, ya’ni 21 mayning oxirigacha Clubhouse kliyentining Android-versiyasi butun dunyodagi barcha istovchilar uchun chiqadi. Yer yuzi bo‘ylab turli mintaqalarda soatlardagi farqlarni hisobga olsak, uzog‘i bilan 21 may kuni O‘zbekistonda ham barcha smartfonlarda ushbu dasturdan foydalanish imkoni tug‘iladi.

Ilovani mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin, ammo Clubhouse tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tish shartlari o‘zgarmagan. Ya’ni, unga a’zo bo‘lishingiz uchun sizga ushbu tarmoq a’zolaridan biri taklifnoma jo‘natishi lozim.

O‘QING: Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!