O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

  •   DiMaX
  •  4449
  •  22.05.2021 13:55

O‘zbekistonda elektromobil importi: qayerlardan, qayerlarga, nechta va qanchaga?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xorijdan 156 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 138 taga ko‘p.

O‘QING: Ilon Mask hattoki McLaren P1 superkarini yenggan – dunyodagi eng tezkor avtomobilning sotuvga chiqish kunini aytdi

Joriy yilning aprel oyida 65 ta elektromobil import qilingan.

2021 yilning yanvar-aprel oylarida elektromobillarni O‘zbekiston asosan qaysi davlatlardan import qilgan?

  1. Xitoy – 119 ta
  2. Turkiya – 24 ta
  3. Koreya – 4 ta
  4. AQSh – 4 ta
  5. Germaniya – 3 ta
  6. Litva – 1 ta
  7. Ispaniya – 1 ta

O‘QING: Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

2021 yilning yanvar-aprel oylarida elektromobil import qilgan hududlar:

  1. Toshkent shahri – 150 ta
  2. Samarqand viloyati – 2 ta
  3. Andijon viloyati – 2 ta
  4. Toshkent viloyati – 1 ta
  5. Sirdaryo viloyati – 1 ta

So‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

  • 2018 yilda – 13 ta
  • 2019 yilda – 39 ta
  • 2020 yilda – 131 ta

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida import qilingan elektromobillar uchun 3,4 million AQSh dollari sarflangan.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin