O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi

  •   DiMaX
  •  1478
  •  13.05.2020 11:02

O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi

Markaziy bank «O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi»ni ishlab chiqdi. Adliya vazirligida u 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan ro‘yxatga olingan, deb yozadi Sof.uz.

O‘QING: O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!

Hujjatni ishlab chiqishda elektron pul tizimi faoliyatini tashkil qilish, elektron pullarning muomalasi, xavf-xatarlarni boshqarish va elektron pul tizimida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida jahon amaliyoti o‘rganildi.

Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, «ayirboshlash operatsiyasi», «bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi», «oldindan to‘langan karta», «elektron pullar tizimining agenti», «elektron hamyon» va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.

Qoidaga ko‘ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub’yektlari hisoblanadi.

Elektron pul tizimining operatori tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan bank va (yoki) to‘lov muassasasi bo‘lishi mumkin. Elektron pul tizimining hisob-kitob banki emitent yoki elektron pul tizimi operatori bilan shartnoma tuzgan boshqa bank bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Prezident: «Tezkor mobil internet qamrovi yil yakunigacha 90 foizga yetkazilsin»

Emitent o‘z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnoma va unga ilova sifatida operator bilan tuzilgan shartnoma hamda elektron pullar tizimi sub’yektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini yuborishi zarur.

Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaksiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.

O‘QING: Nafaqat Google va Netflix, balki Apple ham O‘zbekistonda soliq to‘layapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!