O‘zbekistonda elektron tibbiy kartalar joriy etiladi

  •   DiMaX
  •  319
  •  28.05.2021 08:59

O‘zbekistonda elektron tibbiy kartalar joriy etiladi

Yurtimizda gematologik va onkologik bemorlarni davolash jarayonlarini kuzatish imkonini beradigan elektron tibbiy kartalar joriy qilinadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy Telegram-kanali xabar bermoqda.

O‘QING: ID-kartali haydovchi YPX xodimiga ushbu hujjatlarni ko‘rsatishi shart emas! (+video)

«Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish  tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda:

  • joriy yil yakuniga qadar gematologik va onkologik bemorlarni davolash jarayonlarini kuzatish imkonini beradigan elektron tibbiy kartalarni (bemorlar ro‘yxatini) yuritish tizimini yaratish;
  • uch oy muddatda og‘ir va davolab bo‘lmaydigan kasallarga narkotik va psixotrop vositalari berish tartibini soddalashtirish hamda og‘riq qoldiruvchi noin’yeksion narkotik vositalarni amaliyotga tatbiq etish;
  • 2022 yil 1 martga qadar davolash va palliativ yordam standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida takomillashtirish vazifasi topshirilmoqda.

O‘QING: «1 iyundan internet yana 15 foizga arzonlashadi» – bosh vazir maslahatchisi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!