O‘zbekistonda endi Microsoft, Cisco, Oracle va boshqa kompaniyalar sertifikatlarini olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  837
  •  17.04.2019 12:12

O‘zbekistonda endi Microsoft, Cisco, Oracle va boshqa kompaniyalar sertifikatlarini olish mumkin!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xalqaro doiradagi hamkorlik ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shulardan biri haqida TATU matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: TATU «Akademik innovatsiyalar» fondidan grant yutib oldi

 «Kompyuter injiniringi» fakulteti «Axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o‘qituvchisi T.A.Xo‘jaqulov Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Oracle kompaniyasining «Oracle Academy Day» konferensiyasiga qatnashdi.

Konferensiya doirasida ORACLE ACADEMY qoshida tashkil etilgan axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha biznes-maktabga tashrif buyurildi, IT-Hab bo‘yicha mahorat darslari bilan tanishildi.

Konferensiya doirasida Rossiya hamda O‘rta Osiyo Oracle kompaniyasi direktori O.Jukov bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikka kelishib olindi. Shuningdek, dasturlash tillari hamda Microsoft, Cisco, Oracle va boshqa kompaniyalarning sertifikatlarini olish uchun sertifikatlash markazi bilan hamkorlik shartnomasi tuzildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, TATUda Oracle kompaniyasi bilan hamkorlikda «ORACLE ACADEMY» ochilgan edi.

O‘QING: O‘zbekistonlik xohlovchilar «Oracle akademiyasi»da bepul o‘qiydilar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!