O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2017
  •  19.11.2019 09:26

O‘zbekistonda endi «Yandeks.Dengi» hamyonlarni to‘ldirish va identifikatsiya qilish mumkin!

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar endi internet tarmog‘i orqali «Hamkorbank» yordamida «Yandeks.Dengi» hamyonlarini to‘ldirishlari mumkin, shuningdek hamyonlarni ushbu bankning istalgan bo‘limida identifikatsiya qilishlari mumkin. Yangi imkoniyat «Hamkorbank» mijozlari va bank mijozi bo‘lmaganlar uchun joriy etilgan.

O‘QING: Yandeks akkauntimizga begona joylarda ham parolsiz kiramiz

Elektron hamyonni yangi usulda to‘ldirish uchun hamyonlar identifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Hamyonlarni to‘ldirish uchun «Hamkorbank»ning saytiga kirishingiz yoki Android yoxud iOS uchun Hamkor Mobile ilovasini yuklab olishingiz kerak bo‘ladi. Undan so‘ng elektron hamyon raqamini, mablag‘ miqdorini o‘tkazmani SMS orqali kelgan kod orqali tasdiqlashingiz zarur bo‘ladi. «Yandeks.Dengi» hamyonini to‘ldirish uchun istalgan UzCard yoki Humo tizimidagi plastik kartalari bo‘lishi kifoya.

Hisobni to‘ldirishda, foydalanuvchining kartasidan so‘mlarda mablag‘ yechib olinadi va o‘sha zahoti elektron hamyonga rublda tushadi. Mablag‘lar konvertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha amalga oshiriladi. Hamyondi to‘ldirish uchun bank komissiyasi 3% ni tashkil etadi. Bankning o‘zi uni hisoblab chiqadi va oldindan foydalanuvchiga ko‘rsatadi. «Hamkorbank» orqali hamyonni bir marotabada 300 ming rublgacha (44 mln so‘mgacha) to‘ldirish mumkin, hamyon hisobida esa 500 ming rublgacha (taxminan 74 million so‘m) saqlash mumkin.

Hamyonlarni identifikatsiya qilish uchun «Hamkorbank»ning istalgan 43 ta filiali va 130 dan ortiq mini-banklariga murojaat etish mumkin. Buning uchun o‘zingizga qulay bank ofisiga pasportingiz bilan tashrif buyuring, elektron hamyon raqamini aytishingiz va 25 ming so‘m to‘lashingizning o‘zi yetarli. Identifikatsiyadan so‘ng foydalanuvchiga «Yandeks.Dengi» hamyonlarini keng imkoniyatlari taqdim etiladi. Jumladan, dunyo bo‘ylab to‘lovlar, boshqa hamyonlarga, karta va bank hisob raqamlariga pul o‘tkazish, internet orqali pul yig‘ish, naqd pulni olish. Identifikatsiyadan o‘tgan hamyon egasi 11 ta xorijiy valyutada ham hisob ochishi mumkin – rubllardan tashqari, dollar, yevro, belorus rubli, qozoq tengesi va boshqalar. O‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun xorijiy valyutalarda hisoblar ochish imkoniyati yaqinda paydo bo‘ldi – bular 2019 yil 22 oktyabrdagi «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririda aks etirilgan.

O‘QING: «Yandeks»ga qarshi Alisher Usmonov, German Gref va Sergey Chemezov birlashdi

«Yandeks.Dengi» haqida

«Yandeks.Dengi» – elektron to‘lovlar xizmati bo‘lib, foydalanuvchilarga tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, pul o‘tkazish va qabul qilishda yordam beradi. Xizmat foydalanuvchilari elektron hamyonni yaratishlari, shuningdek umumiy balansga ega virtual yoki plastik kartalarga buyurtma berishlari mumkin. «Yandeks.Dengi» Mastercard to‘lov tizimining kartalarini emissiya qiladi. Ularni butun dunyo bo‘ylab naqd pul, onlayn va oflayn to‘lovlarni yechish uchun foydalanish mumkin, jumladan Apple Pay, Samsung Pay va Google Pay yordamida ham.

2019 yil ma’lumotlariga ko‘ra, «Yandeks.Dengi»da 60 million hamyon ro‘yxatga olingan, 2 million plastik va 19 million virtual kartalar chiqarilgan. Xizmat sayt va Android va iOS ilovalarida mavjud. «Yandeks.Dengi» – elektron pul xizmatlari foydalanuvchilari soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi (Mediascope, 2019).

Foydalanuvchilar uchun «Yandeks.Dengi» internet orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun turli yechimlar mavjud, biznes uchun turli – universal to‘lov tizimi «Yandeks.Kassa» bor.

«Hamkorbank» haqida

Chet el kapitali ishtirokida «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki, O‘zbekiston Respublikasining bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib keladi. Bank 28 yil davomida Respublikaning barcha ma’muriy tumanlarini qamrab olgan holda keng filiallar tarmog‘ini shakllantirgan.

O‘QING: Mobil bank orqali pulingizni o‘g‘irlashlari mumkin, bundan himoyalanish yo‘llari bor!