O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mobil o‘yinlar o‘ynalmoqda?

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mobil o‘yinlar o‘ynalmoqda?

Mobil ilovalar tahlili haqida ma’lumotlar beruvchi Data AI (avvalgi App Annie) ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi bir oy (15-fevraldan, 16-martgacha) ichida iOS va Android uchun eng ko‘p yuklab olingan mobil o‘yinlar bilan tanishamiz:

Manba: data.ai

Ro‘yxatga ko‘ra, Beat Racing nomli musiqali poyga o‘yini so‘nggi 30 kunlikda mamlakatimizda eng ko‘p yuklab olingan o‘yinga aylanib birinchilikda turibdi.

Ikkinchi o‘rinni esa bir qancha mini-o‘yinlarni o‘z ichida jamlagan Stickman Party o‘yini band qilgan.

Top uchlik kompyuter uchun Counter-Strike o‘yinining rasmiy bo‘lmasa ham mobil versiyasi hisoblangan Special Forces Group 2 bilan yakunlanadi.

Electronic Arts'ning Real Racing 3 o‘yini to‘rtinchi o‘rinda va u top o‘nlikdagi ikkinchi poyga o‘yin.

Dunyo bo‘ylab ko‘pchilik bilan o‘ynaladigan eng mashhur PUBG Mobile otishma o‘yini esa beshinchi o‘ringa tushib qolgan.

Sodda, qiziqarli va shu bilan birgalikda anchagina boshni qotiradigan Water Color Sort boshqotirma o‘yini oltinchi o‘rinni, hali ham trenddan tushmayotgan Subway Surfers o‘yini yettinchi o‘rinni, Piano Fire musiqali pianino o‘yini sakkizinchi o‘rinni, Gaplarni takrorlash qobilyatiga ega quvnoq My Talking Tom 2 virtual uy hayvoni o‘yini hali ham urfdan qolmagan va u to‘qqizinchi o‘rinni egallagan.

Shunday qilib, top o‘nlikni aqlni charxlovchi Checkers (English Checkers tomonidan chiqarilgan) shashka o‘yini bilan tugatiladi.

O‘QING: O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ining rasmiy ofisi ochilishi mumkin

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!