O‘zbekistonda Facebook yana muammosiz ishlayapti

  •   DiMaX
  •  449
  •  12.09.2018 16:59

O‘zbekistonda Facebook yana muammosiz ishlayapti

Bir necha kundan beri eng ommabop ijtimoiy tarmoqqa O‘zbekistondan ulanishda muammolar kuzatilayotgan edi. bu borada turli mish-mishlar chiqa boshlagach, «O‘zbektelekom» kompaniyasi matbuot xizmati saytning bloklangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgandi.

O‘QING: «Facebook tarmog‘iga ulanishdagi muammolarga «O‘zbektelekom"ning aloqasi yo‘q» — kompaniya

Nihoyat, bugun – 12 sentyabrdan ushbu tarmoq uzilishlarsiz ishlamoqda. Facebook bilan bog‘liq muammolar paytida ayrim yurtdoshlarimiz turli VPN servislaridan foydalanib unga kirishgan. Endilikda esa ham smartfondan, ham kompyuterdan Feysbukka bemalol kirishmoqda.

Fursatdan foydalanib, mazkur tarmoqdagi Terabayt.uz saytimizning sahifasi hamda Terashop.uz onlayn do‘konimizning sahifasini eslatib o‘tmoqchimiz.

O‘QING: Facebook kuzatuvini cheklaymiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.