O‘zbekistonda «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimi yaratila boshladi

  •   DiMaX
  •  822
  •  16.04.2019 11:29

O‘zbekistonda «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimi yaratila boshladi

Toshkent shahrida FHDYo arxivlarini raqamlashtirishga start berildi. Bu to‘g‘rida Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Endi nikoh qurish uchun onlayn tarzda ariza berish mumkin!

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Germaniyaning mashhur MICROBOX GmbH kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qurilma yordamida Toshkent shahar FHDYo organlari qog‘oz ko‘rinishidagi arxiv hujjatlarini otsifrovka qilish ishlari boshlandi.

Xabarga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi – arxivarius lavozimi joriy etilgan va yaqin muddatda FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan.

2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashtirilgan «FHDYo yagona elektron arxivi» tizimini shakllantirish belgilangan. Buni amalga oshirish uchun dunyodagi eng yaxshilar qatoridagi uskunalardan foydalanish esa, shubhasiz, mazkur jarayonni yanada tezlashtirishga imkon yaratadi.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!