O'zbekistonda Galaxy Z Fold/Flip4 narxi qancha va qanday qilib ularga oldindan buyurtma berish mumkin?

O'zbekistonda Galaxy Z Fold/Flip4 narxi qancha va qanday qilib ularga oldindan buyurtma berish mumkin?

Bir necha kun oldin Samsung kompaniyasi o'zining yangi avlod Galaxy Z Fold/Flip buklamafonlarini taqdim qildi. Garchi yangi qurilmalar o'zgarmagan narxda taqdim qilingan bo'lsa ham, ular biroz qimmat, lekin siz ularga oldindan buyurtma berish orqali qimmatbaho sovg'alarni qo'lga kiritishingiz mumkin: Galaxy Z Fold4 uchun Galaxy Watch4 Classic yoxud Galaxy Flip4 uchun Galaxy Watch4.  

Buklamafonlarning O'zbekistondagi narxi* quyidagicha:

  Galaxy Z Fold4 Galaxy Z Flip4
128 GB - 11.999.000 so‘m
256 GB 20.999.000 so‘m 12.999.000 so‘m
512 GB 22.999.000 so‘m -
Sovg'a Galaxy Watch4 Classic Galaxy Watch4

*Narxlar samsung.uz saytiga ko'ra ko'rsatilgan bo'lib, Terabayt.Uz ularning to'g'ri bo'lib qolishiga kafolat bermaydi

Galaxy Z Fold4 buklamafoniga siz kulrang-yashil, qora va och sariq ranglarida, Galaxy Z Flip4 buklamafoniga esa binafsharang, grafit, havorang va oltin ranglarda buyurtma berishingiz mumkin. 

O'zingizga yoqqan smartfon, uning ranggi va xotira hajmini tanlaganingizdan so'ng siz o'z hududingizdagi Samsung rasmiy do'koni yoki riteyllerlaridan birini va do'kon manzilini belgilashingiz, keyin esa shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritishingiz kerak. Barcha amallar bajarilganidan keyin sizdan mahsulot uchun 1,000,000 so'm oldindan to'lov qilish so'raladi. Shundan so'ng, 2-sentabr kuni pulning qolganini to'lab (agar muddatli to'lovga olinayotgan bo'lsa birinchi to'lovni amalga oshirgandan so'ng) telefonni sovg'asi bilan birgalikda olishingiz mumkin.

Ikkala buklamafonlar ham 100% qayta ishlasa bo'ladigan qutida va uning ichida buklamafonning o'zi, ikki tomoni USB-C kabel va SIM karta uchun kalit bilan keladi. 

Oldindan buyurtma berish uchun samsung.uz saytiga o'ting.

Eslatib o'tamiz, Galaxy Z Flip4 buklamafoni S Pen'ni qo'llab-quvvatlamaydi. Galaxy Z Fold4 esa S Pen bilan ishlayveradi lekin u buklamafon komplektiga kirmaydi, xohlovchilar alohida sotib olishlari mumkin. 

Buklamafonlar uchun oldindan buyurtma berish 1-sentabrgacha amalga oshiriladi. Undan keyin 2-sentabrdan boshlab buklamafonlarni Samsung rasmiy yoki hamkor do'konlaridan (sovg'alarsiz) to'g'ridan-to'g'ri sotib olish mumkin bo'ladi.

O'QING: Galaxy A23 seriyada yana bir yangi smartfon taqdim etiladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!