O‘zbekistonda ham Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi

  •   DiMaX
  •  2541
  •  05.10.2020 15:35

O‘zbekistonda ham Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi

O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi Xitoyning gigant savdo platformasi – Alibaba kompaniyasining rasmiy vakili sifatida ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Alibaba rahbari endi Xitoyning eng boy odami emas

Mazkur kelishuv O‘zbekiston eksportchilar uyushmasiga Alibaba.som saytiga maxsus kalitlarni ochib berdi. Bu O‘zbekiston mahalliy kompaniyalari, eksportyorlari shu portalda, shu saytda mahsulot joylashi, umuman olganda, Alibaba bilan savdo va mahsulotlarini eksport qilishda keng imkoniyatlar ochadi.

– Aslida Alibaba shu vaqtgacha O‘zbekistonda o‘z shu’basini ochmagan, – deydi O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov. – Negaki, ularning talablari yuqori. Ko‘pchilikda bu O‘zbekistonga qanday foydasi bor, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Birinchidan, tez, qulay va arzon tarzda mahsulotlarimizni jahon elektron tarmog‘iga joylab olamiz. Ikki tarafga ham bu platforma kafolat vazifasini o‘taydi. Buning natijasida tadbirkorlarimiz ham xotirjam o‘z mahsulotlarini eksport qila oladi. Ikkinchidan, eng asosiysi, Alibaba orqali biz Xitoy bozoriga va Xitoy orqali qo‘shni davlatlarga chiqa olamiz. Bu O‘zbekiston eksportini 2-3 barobarga oshirishimizga yo‘l ochadi.

Xabarda aytilishicha, shirkat O‘zbekistonda rasman ish boshlashidan hech qancha o‘tmay, mahalliy qandolatchi korxona bilan 3 million AQSh dollariga teng shartnomani imzolagan.

O‘QING: Koronavirus vahimasi: AliExpress’dan keladigan tovarlar qanchalik xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.