O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

  •   DiMaX
  •  3745
  •  31.01.2019 17:40

O‘zbekistonda ilk bor: internet-provayder Facebook va YouTube’ni VPN’siz ochuvchi xizmat taklif etmoqda!

Xabaringiz bor – bir necha oydan buyon yurtimizda Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxostingi ochilmayapti. Bu saytlar 15 yanvar kuni bir ishlab ketgan, ammo kechga borib yana «avvalgi holiga qaytgan» edi.

O‘QING: Facebook va Youtube bir kun bloklanishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qancha zarar yetkazadi?

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi Facebook ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatishda yordam so‘rab, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilganligi haqida ham yozganmiz. Hozircha yurtdoshlarimiz bu saytlarga VPN servislari orqali kirishmoqda.

Kutilmaganda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan internet-provayderlardan biri – INFORM SERVICE TV (ya’ni – ISTV) bitta taklif bilan chiqdi. Ya’ni, u o‘z mijozlari uchun Facebook va YouTube’ni ochishga yordam beruvchi «Ochqich», ya’ni «Otkriv@shka» xizmatini ishga tushirayotganini e’lon qildi!

Bu haqdagi xabar boyagina provayderning Facebook-sahifasida e’lon qilindi.

Kompaniyaning rasmiy saytida hozircha bu xabar chiqmagan esa-da, bosh sahifasida mazkur xizmatning reklama tasviri aylantirilmoqda.

O‘QING: UzTelecom’dan VPN. Ammo u ham Facebook’ni ochishga yaramaydi!

Telegram-kanallardan birining yozishicha, ushbu xizmatning narxi – oyiga 25 000 so‘m ekan.

Ayni damda ISTV’ning«Otkriv@shka» xizmati sinov rejimida ishlayotgani aytilgan. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

O‘QING: Facebook o‘z ilovasini ishlatganlarga oyiga 20 dollardan pul to‘layapti, lekin evaziga...