O‘zbekistonda ilk bor: kinolarni internetga chiqargan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi

  •   DiMaX
  •  1148
  •  18.09.2020 12:42

O‘zbekistonda ilk bor: kinolarni internetga chiqargan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati bilan birgalikda veb-resurs ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. Bu haqda Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Di Kaprio va Apple: ularni nima bog‘lab turibdi?

Arizaga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro J.I. milliy filmlarni noqonuniy tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. Qo‘qon shahar Ma’muriy sudida ish ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasiga binoan ayblanuvchiga javobgarlik belgilandi.

«O‘zbekistonda mualliflik huquqlarini himoya qilish muammosi o‘ta dolzarbdir. Mualliflik huquqlari tez-tez buzilgan va shu kungacha buzilmoqda. Bugungi kunga kelib, afsuski, O‘zbekiston qaroqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatorida qolmoqda. Aytib o‘tish joizki, mualliflik huquqlari bo‘yicha bunday ish «O‘zbekkino» tarixida ilk bora sud tomonidan ko‘rib chiqildi va ayblanuvchi javobgarlikka tortildi», deyiladi xabarda.

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!