O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4115
  •  09.01.2021 16:29

O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

Yurtimizda internet xizmatlari tariflari 29 foizga arzonlashtirildi, endi 1 Mbit/s narxi 40 ming so‘m bo‘ldi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda AKT vaziri Shuhrat Sodiqov ma’lum qildi.

O‘QING: Atigi 2021 so‘mga 2021 megabayt, O‘zbekiston bo‘yicha 2021 daqiqa va 2021 SMS oling!

Vazir o‘z nutqida, jumladan, quyidagilarni ta’kidlab ko‘rsatgan:

«Mavjud texnik quvvatlarimizni keskin oshirish hisobiga o‘tgan yil dekabr oyidan aloqa kanallari ijarasi tariflari 2 barobarga, o‘tgan yil davomida internet xizmatlari tariflari esa 29 foizga arzonlashtirilishiga erishildi.

Ijtimoiy soha ob’yektlariga, jumladan 8 095 ta xalq ta’limi, 5 440 ta maktabgacha ta’lim va 3 207 ta sog‘liqni saqlash muassasalarigacha jami 14 ming km optik tolali aloqa liniyalari tashkil etildi va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratildi.

2020 yilning to‘rtinchi choragida respublikamiz bo‘yicha 14 ta, ya’ni har bir hududda bittadan tayanch IT-maktablari tashkil etildi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.

«Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 120 mingdan ziyod o‘quvchi jalb qilindi, ulardan 18 ming nafardan ortig‘i kurslarni muvaffaqiyatli tugatdi».

O‘QING: «Milliardlarga qurilgan dendixona» – dasturchilar Andijon IT-Parkini tark etishdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!