O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshirilgani e’lon qilindi

O‘zbekistonda internet tezligi 10 barobar oshirilgani e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, internet tezligini oshirish yuzasidan anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘ining bajarilishi maqsadida «O‘zbektelekom» AK xodimlari tomonidan mavjud infratuzilmalarning tizimli tahlili o‘tkazildi va tarmoqni sifatli qayta tashkil etish qarori qabul qilindi, texnik qurilmalarni evolyusion yangilash rejasi batafsil ishlab chiqildi, deb yozamoqda xabar.uz.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan «Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish» loyihasi doirasida Xalqaro paketli kommutatsiya markazi komplekslari modernizatsiya qilindi va shu tariqa XPKM komplekslarining umumiy o‘tkazish qobiliyati 10 marta: o‘zgartirilgan trafigi 110 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha o‘sdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!