O'zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

O'zbekistonda internet tezligi oshdi(mi?)

AQShning Ookla kompaniyasi tomonidan taqdim qilinadigan va internet ulanishi holatini tahlil qiladigan Speedtest veb-xizmati aprel oyiga ko'ra dunyo bo'ylab mobil va keng polosali internetning o'rtacha tezligi natijalarini e'lon qildi. Ma'lum bo'lishicha, aprel oyida mamlakatimizda internetga kirishning ikkala usulida ham tezlik ma'lum miqdorda oshgan va O'zbekiston ikkala reytingda ham bir pog'ona yuqoriga ko'tarilgan.

Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizda mobil internet orqali ma'lumotlarning yuklanishi tezligi sekundiga 13.67 megabitni tashkil qiladi va O'zbekiston 140 davlat ichida 120-o'rinda turibdi. Keng polosali internet o'rtacha tezligi esa aprel oyi holatiga ko'ra sekundiga 39.76 megabit bo'lib, bunda O'zbekiston 181 davlat orasida 84-o'rinni egallagan.

Shuningdek, Speedtest Global Index nafaqat o'rtacha, balki davlatlarning haqiqiy internet tezligini ham ko'rsatadigan reytinggi mavjud. Ushbu reytingga ko'ra, O'zbekistondagi haqiqiy mobil internet tezligi (aprel oyi holatiga ko'ra) 20.76 Mb/s, simli internet tezligi esa 55.92 Mb/s bo'lib, ro'yxatda 124 va 91-o'rinlarni egallaganmiz.

Dunyo bo'ylab mobil internet o'rtacha tezligining eng yuqori ko'rsatkichi Birlashgan Arab Amirliklarida sekundiga 134.48 megabit bilan qayd etilgan bo'lsa, simli internetning o'rtacha tezligining eng yuqori ko'rsatkichi sekundiga 207.61 megabit bilan Singapur davlatida belgilangan.

O'QING: O'zbekistondagi eng taniqli aloqa operatori qaysi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!