O‘zbekistonda internet tezligi uch barobarga o‘sib, Speedtest reytingida yuqoriladi

  •   DiMaX
  •  703
  •  20.05.2021 14:53

O‘zbekistonda internet tezligi uch barobarga o‘sib, Speedtest reytingida yuqoriladi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021 yil aprel oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayd etilgan. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

O‘QING: AKT vazirligi: internet narxi yana 30 foizga pasaydi, kanallar hajmi 30 barobarga oshirildi...

Qayd etilishicha, bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (51,8 foizga) o‘sgan, ya’ni 25,82 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga ko‘ra) 39,2 Mbit/s.gacha (2021 yil aprel holatiga ko‘ra). So‘nggi uch yil ichida esa, O‘zbekistonda simli internet tezligi uch barobarga o‘sdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil aprel oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 9,68 Mbit/s.dan (2020 yil aprel holatiga ko‘ra) 17,28 Mbit/s.gacha (2021 yil aprel holatiga ko‘ra) o‘sdi. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 78,5 foizga ko‘tarilgan.

O‘QING: O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 230 mamlakat orasida 21-o‘rinda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!