O‘zbekistonda internet tezligi yana oshadi

  •   DiMaX
  •  871
  •  19.06.2021 08:01

O‘zbekistonda internet tezligi yana oshadi

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ishtirokida O‘zbekistonda telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida brifingi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UZTELECOM Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘QING: O‘zbekistonda yana bir operator 5G texnologiyalarini tatbiq etdi!

Qayd etilishicha, xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanligini samarali zaxiralash maqsadida, «O‘zbektelekom» AK modernizatsiya ishlarini olib bormoqda va ushbu ishlar doirasida mavjud 1 200 Gbit/s tezlik 3 200 Gbit/s gacha oshiriladi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda zarur uskunalar olib kelingan va joriy yilning 3-choragi oxiriga qadar montaj va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, brifingda mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish haqida ham so‘z yuritilgan.

Unga ko‘ra, aholiga simli keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishni rivojlantirish maqsadida 2021 yilda «O‘zbektelekom» AK tomonidan qo‘shimcha ravishda yana 1 milliondan ko‘proq port o‘rnatib, ularning umumiy soni 3,3 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Shu tarzda butun mamlakat bo‘ylab yanada ko‘proq aholi uchun yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish ulanish imkoniyati yaratiladi.

O‘QING: Yangilangan mobil internet: megabayt emas, balki gigabaytlarni qarshi oling!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!