O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga kriptovalyuta qazib olish taqiqlandi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga kriptovalyuta qazib olish taqiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kriptovalyutani tartibga solish haqida qaror qabul qildi. Unga ko'ra, endilikda O'zbekistonda faqatgina yuridik shaxslargina quyosh energiyasidan foydalanib kriptovalyutlar qazib olishlari mumkin bo'ladi. Yoki, agar maynerlar yagona elektr tarmog'iga ulanadigan bo'lsalar, uning uchun ikki baravar ko'p miqdorda to'lov to'lashlari kerak bo'ladi. Yangi qonun bilan jismoniy shaxslarning mayning bilan shug'ullanishi, shuningdek, bu faoliyat bilan anonim tarzda shug'ullanish taqiqlab qo'yiladi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab mamlakat fuqarolari raqamli aktivlarni faqat O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan birjalar, mayning hovuzlari, kriptodo‘konlar va kriptodepozitoriylarga tegishli platformalarda sotish va sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Ta'kidlash kerakki, virtual valyutalar bilan bog'liq barcha operatsiyalar soliqqa tortilmaydi.

Yangi farmonga ko'ra, Respublika Prezidenti huzurida faoliyat yurituvchi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi – "Istiqbolli loyihalar bo‘yicha milliy agentlik" etib qayta tashkil qilish belgilangan va ushbu agentlik kriptovalyutalar aylanmasini nazorat qilish, raqamli aktivlardan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish mexanizmlarini ishlab chiqish, blokcheyn texnologiyasini davlat boshqaruvi tizimiga integratsiya qilishga qaratilgan loyihalarni qo'llab-quvvatlash va O‘zbekistonda “kriptovalyutani tartibga solishning maxsus rejimi”ni joriy etish kabi loyihalar uchun mas’ul bo‘ladi.

Agentlikka kriptografiya va blokcheyn texnologiyalaridan foydalanadigan tashkilotlar, virtual aktivlar provayderlari, shu jumladan kriptovalyutalar savdosi va qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun qonunchilik shartlarini belgilash huquqi berildi. Endilikda agentlik virtual aktivlarga xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarni litsenziyalash, shuningdek, kriptovalyuta sanoati ishtirokchilari tomonidan davlat bojlari va soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.

Ushbu qonunni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177- moddasi (Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda egallab olish yoki sotish) va 190-moddasi (Litsenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bilan jazolanadi, yetti yilgacha qamoq jazosi beriladi.

O'QING: O'zbekistonda Microsoft ofisi ochilishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!