O'zbekistonda kiberxavfsizlik bo'yicha turnir bo'lib o'tadi

O'zbekistonda kiberxavfsizlik bo'yicha turnir bo'lib o'tadi

IT Park'ning ma'lum qilishicha, 11-avgust kuni O'zbekistonda kiberxavfsizlik bo'yicha "AntiHack Challenge" turniri o'tkaziladi. AKT vazirligi va Central Asia Distribution yordamida IT Park, Cisco va Beeline Uzbekiston tomonidan o'tkazilayotgan ushbu musobaqa yoshlarning axborot xavfsizligiga bo'lgan qiziqishini oshirish, shuningdek, shu yo'nalish bo'yicha ko'nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, u bir kunga mo'ljallangan.

Ma'lum bo'lishicha, turnirda ishtirok etish uchun qatnashuvchilar ikki kishidan iborat jamoa bo'lishi, ularning biri "ulanish nuqtasi" (tochka dostupa) hosil qila oladigan va efir diapazonini boshqara oladigan funksiyaga ega Android smartfon, shuningdek, inyeksiya qilish uchun mos Wi-Fi adapterli, kamida 18.10 versiyadagi Ubuntu virtual mashinasi o'rnatilgan, USB portli noutbukka ega bo'lishi kerak.

Qatnashmoqchi bo'lganlar 7-avgustgacha ushbu havola orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak. Ariza topshirish jarayonida ishtirokchilar test sinovidan ham o'tkaziladi. Ta'kidlash joizki, musobaqa Toshkent shahridagi Inha Universitetida, rus tilida bo'ladi va unda to'rtta laboratoriya ishi amalga oshiriladi. Albatta, g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

O'QING: 150 vattda quvvat oluvchi Snapdragon 8+ Gen1 chipli smartfon taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.