O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq chatbot ishga tushdi

  •   DiMaX
  •  720
  •  07.08.2021 17:21

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq chatbot ishga tushdi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti, YuNISEF hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi birgalikda koronavirus haqida ishonchli ma’lumot manbasini ishga tushirdi. Bu to‘g‘rida UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram tomonidan «Tasdiqlangan» kanal – «Koronavirus Info» o‘z nomi va yo‘nalishini butkul o‘zgartirdi

Telegram messenjeridagi HealthBuddy+ chatboti – bu nafaqat SOVID-19, balki emlashlar haqida ham aniq ma’lumot beradigan yangi platforma. Ilovaning uchta asosiy xususiyati bor: chatbot, mish-mishlar haqida xabar berish vositasi va foydalanuvchilarning so‘rov tizimi.

Shuningdek, HealthBuddy+ pandemiya, SOVID belgilari, yuqish usullari, niqoblardan foydalanish, jismoniy masofa, ruhiy salomatlik va emlashlar haqida ma’lumot to‘playdi.

«O‘zbekistonda HealthBuddy+ dasturining ishga tushirilishi SOVID-19 haqida to‘g‘ri javob berish uchun virus va vaktsinalar haqida ishonchli va tegishli manbalarni taqdim etadigan va infodemiya boshqaruvini takomillashtiradigan muhim bosqichdir», deya izohlaydi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Leyn Kuppens.

HealthBuddy+ ilovasini iOS hamda Android operatsion tizimli qurilmalarga o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Koronavirusni bir daqiqadayoq aniqlovchi ilovani yuklab oling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!