O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

  •   DiMaX
  •  1176
  •  03.05.2021 17:22

O‘zbekistonda kripto-birjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

Mart oyida biz Toshkentda naq 23,4 ming dollarga bitkoin sotayotgan shaxslar ushlangani haqida yozgan edik. Sof.uz xabariga ko‘ra, yaqin kelajakda kriptovalyuta bilan bog‘liq amaliyotlarga rasman ruxsat berilishi mumkin.

O‘QING: Mask, Geyts, Bezos kabilarning Twitter-akkauntlarini buzib, $100.000 o‘margan 17 yashar «Ahmadboy» uch yilga qamaldi

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi «Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi idoralararo qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Unga ko‘ra, amaldagi qonun o‘zgartirilib, O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari tomonidan emissiya qilingan tokenlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, chiqarish yoki aylantirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Bunda, «sotib olish ob’yekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligidir».

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etishga ruxsat berilgan. Ammo kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘’ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarni ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

O‘QING: Ilon Mask Tesla avtomobillarini bitkoinga sotish boshlanganini e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.