O'zbekistonda Microsoft ofisi ochilishi mumkin

O'zbekistonda Microsoft ofisi ochilishi mumkin

Xabarlarga ko'ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Microsoft kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o'tkazdi. Vazirlik matbuot xizmatidan ma'lum qilinishicha, bo'lib o'tgan uchrashuvda O'zbekistonda axborot texnologiyalari ta'limini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan. Xususan, bu jarayonga ko'proq yoshlarni jalb etish, malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko'rib chiqilgan.

Bundan tashqari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O'zbekistonda Microsoft kompaniyasining ofisini ochish taklifi bildirilgan. Tomonlar o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ishlarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

O‘QING: Steam platformasi Rossiyada bloklanadimi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!