O‘zbekistonda milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

  •   DiMaX
  •  2909
  •  03.12.2020 10:49

O‘zbekistonda milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘QING: Doimiy «propiska»ga onlayn ro‘yxatdan o‘tishni o‘rgatuvchi videoqo‘llanma

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

  • 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
  • 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
  • 2022—2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

Qarorda test sinovida ishtirok etish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undirilishi belgilangan. Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 20 dekabrga qadar davom etadi.

O‘QING: Sovrin miqdori 60 000 000 so‘mlik «IT MARAFON–2021» tanloviga marhamat!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!