O‘zbekistonda ommabop Alcatel 199 dollarlik smartfon taqdim qildi

O‘zbekistonda ommabop Alcatel 199 dollarlik smartfon taqdim qildi

Hozirda Alcatel brendiga egalik qiluvchi Xitoyning TCL kompaniyasi Alcatel 5V smartfonini taqdim qildi. Bu model kompaniyaning ekran ustida kesiqqa ega bo‘lgan ilk mobil telefoni hisoblanadi. U nomidan Alcatel 5 modelining "merosxo‘ri" ekanini eslatsa ham, ko‘rinishidan avvalgi modeldan farq qiladi.

Korpus qalinligi 8,5 mm bo‘lgan Alcatel 5V modeli 6,2 dyuymli yirik displeyga ega bo‘lgan. Uning tomonlari nisbati 19:9 o‘lchamli va sig‘imi 1500 x 720 pikselli. Ekran 2,5D shaklidagi Dragontrail himoya shishasi bilan qoplangan.

Gadjetga o‘rta imkoniyatli Helio P22 protsessori o‘rnatilgan. Undagi tasvirlarni PowerVR GE8320 video kartasi qayta ishlaydi.

Alcatel 5V tezkor xotirasi 3 gigabaytli, doimiy xotirasi 32 gigabaytli. Bosh kamera esa qo‘sh sensorli: 12 Mp + 5 Mp aniqligida surat oluvchi modullardan iborat. Old kameraga 8 megapikselli va "sun’iy aql" bilan ishlaydigan kamera o‘rnatilgan.

Smartfonda NFC moduli, barmoq izi skaneri, old kamerada qiyofani taniydigan funksiya, tok sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mavjud.

Smartfon keyingi oydayoq 199 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.