O'zbekistonda qancha odam Internetdan foydalanishini bilasizmi?

O'zbekistonda qancha odam Internetdan foydalanishini bilasizmi?

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022-yil 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi "Hukumat soati" bo'lib o'tdi.

Unda ma'lum qilinishicha, mamlakatimizda Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 31 milliondan ortgan. Shulardan 29,5 millioni mobil Internet foydalanuvchilari hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, bugungi kunga ko'ra O'zbekistonda aholisi soni 36 milliondan oshgan.

Yaqinda Meta kompaniyasi vakili O'zbekistonda Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi aktiv foydalanuvchilar 10 milliondan ortiq ekanligini aytgan edi.

O'QING: Ko‘pchilik kutayotgan smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqmoqda

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!