O'zbekistonda qaysi ilova va o'yinlar eng ko'p yuklab olinmoqda?

O'zbekistonda qaysi ilova va o'yinlar eng ko'p yuklab olinmoqda?

Data AI (sobiq App Annie) platformasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekistonda o'tgan oyda quyidagi ilovalar va o'yinlar iOS uchun App Store, Android uchun Google Play Store do'konlaridan eng ko'p yuklab olingan.

O'yinlar bo'yicha top o'ntalikning eng birinchi o'rnini, turli xil xaritalarda, turli xil missiyalar bilan haydovchilik mashina haydash ko'niknamalarini o'rganish imkonini beradigan Traffic and Driving Simulator o'yini egallagan bo'lib, u ro'yxatga o'tgan oyda yangi qo'shilgan "o'yinchi"lardandir. Bir necha oydan beri birinchilikni egallab kelayotgan Stickman Party mini-o'yinlar to'plami bu safar ikkinchi o'rinda. Uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni shuter janridagi Special Forces Group 2 va PUBG Mobile o'yinlari egallagan bo'lsa, top beshlik taniqli Subway Surfers o'yini bilan yakunlanadi. 

Ilovalar bo'yicha top o'nlikka qaraydigan bo'lsak, Meta'ning Instagram ijtimoiy tarmog'i o'z joyini o'zgartirmagan holda birinchi o'rinda turibdi. Ikkinchi o'rinni yurtimizdagi eng taniqli messenjer, Telegram band qilgan bo'lsa, uchinchi o'rinda uning eng ashaddiy raqibi, WhatsApp Messenger ilovasi egallagan. Garchi O'zbekistonda bloklangan bo'lsa ham TikTok ijtimoiy tarmog'i eng ko'p yuklab olingan ilovalar ro'yxatining top to'rtinchi o'rnini egallashga muvaffaq bo'lgan. Top beshlik Anorbank ilovasi bilan yakunlanadi.

O'QING: ByteDance kompaniyasi Spotify va Apple Music uchun yangi raqobatchi tayyorlamoqda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!