O'zbekistonda qaysi Realme smartfonlarini sotib olish mumkin?

O'zbekistonda qaysi Realme smartfonlarini sotib olish mumkin?

Xitoyning "realme" brendi smartfonlari ko'pincha boshqa brendlarning qimmatroq qurilmalariga o'xshash xususiyatlarga ega, ammo arzonroq narxda bo'ladi. Bundan tashqari, Realme smartfonlari zamonaviy va chiroyli dizayni bilan ham ancha mashhur. Agar siz yaxshi texnik xususiyatlar va zamonaviy dizaynga ega hamyonbop smartfon qidirayotgan bo'lsangiz, realme smartfonlari siz uchun yaxshi tanlov bo'lishi mumkin. Quyida O'zbekistondagi rasmiy riteylerlarda sotilayotgan Realme smartfonlari bilan tanishing:

Smartfon nomi Chiqarilgan sanasi Narxi
realme C30s 2022-yil, 23-sentabr 1 530 000 so'm
realme C33 2022-yil, 12-sentyabr 3 576 000 so'm 
realme 9 2022-yil, 12-aprel 3 399 000 - 3 453 000 so'm
realme GT Neo 3 2022-yil, 30-mart 6 431 080 so'm
realme Narzo 50 2022-yil, 3-mart 2 912 000 - 2 966 000 so'm
realme 9 Pro+ 2022-yil, 21-fevral 4 950 000 - 8 280 000 so'm
realme 9 Pro 2022-yil, 23-fevral 3 904 000 - 4 914 000 so'm
realme C35 2022-yil, 14-fevral 2 309 000 - 2 355 000 so'm
realme 9i 2022-yil, 10-yanvar 2 660 000 - 2 790 000 so'm
realme GT 2 Pro 2022-yil, 8-yanvar 8 320 000 - 9 500 000 so'm
realme C25Y 2021-yil, 30-sentyabr 2 030 000 - 2 109 000 so'm
realme GT Neo 2 2021-yil, 28-sentyabr 6 120 000 - 6 300 000 so'm
realme GT Master 2021-yil, 30-iyul 5 644 800 - 7 176 000 so'm
realme C21Y 2021-yil, 2-iyul 1 596 000 - 1 870 000 so'm
realme C11 (2021) 2021-yil, 28-iyun 1 439 000 - 1 540 000 so'm
realme C25s 2021-yil, 9-iyun 2 210 000 - 2 280 000 so'm
realme 8 Pro 2021-yil, 25-mart 3 420 000 - 3 775 000 so'm
realme 8 2021-yil, 25-mart 2 622 000 - 3 094 000 so'm
realme GT 2021-yil, 10-mart 6 375 000 so'm
realme Narzo 30A 2021-yil, 5-mart 1 715 000 - 2 365 632 so'm
realme 6i 2020-yil, 29-mart 1 999 000 - 2 398 800 so'm
realme 6 2020-yil, 11-mart 3 263 700 - 3 666 240 so'm
realme C11 (2020) 2020-yil, 7-iyul 1 340 000 so'm
realme C3 2020-yil, 14-fevral 1 762 800 so'm

Ta'kidlash joizki, ro'yxatda keltirilgan smartfonlarni siz O'zbekistondagi onlayn do'konlardan, xususan, Realme hamkorlik qiladigan rasmiy riteylerdan keltirilgan narxlarda topishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz: yuqoridagi narxlar faqat ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, Terabayt.Uz sayti ularning to‘g‘ri ekani va to‘g‘ri bo‘lib qolishiga kafolat bermaydi.

O'QING: Xiaomi yangi Poco X5 seriyasini taqdim etishga yaqin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!