O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

  •   DiMaX
  •  727
  •  19.02.2021 17:03

O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi (Speedtest reytingi)

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2021 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan va mobil Internet tezligi bo‘yicha o‘sish qayd etildi, deb yozmoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘QING: Dunyo bo‘yicha simsiz 5G-internet tezligi reytingi: Nyu-Yorkda o‘ta past...

Joriy yilning yanvar oyi ma’lumotlariga ko‘ra, simli internet (Fixed Broadband) tezligi bo‘yicha O‘zbekiston umumiy reytingida ikkitta pozitsiyaga ko‘tarilib, 94-pog‘onani egallamoqda. Yuklash bo‘yicha tezligi esa 34,62 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkich qayd etildi. 2021 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra O‘zbekiston yana ikkita pog‘onaga ko‘tarilib, hozirgi kunda 128-pozitsiyani egallamoqda. Bu turdagi internet tezligi esa 12,94 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi ikki yil ichida internet tezligi bo‘yicha umumjahon reytingida O‘zbekiston pozitsiyalari tobora yaxshilanmoqda. Jumladan, so‘nggi ikki yil ichida (2019 yil yanvar oyidan 2021 yil yanvargacha) O‘zbekistonda simli internet tezligi 3 baravarga o‘sdi10,89 Mbit/soniyadan 34,26 Mbit/soniyagacha. 2020 yil yanvar oyida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 104-pog‘onani egallagan bo‘lsa, 2021 yil yanvar oyida esa 94-o‘ringacha ko‘tarildi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!