O‘zbekistonda startaplar to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekiston Respublikasi «Startaplar to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz ga joylashtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘QING: Karantin paytida qiziqarli va bepul onlayn ta’lim oling!
Qonunda startap, startap-ekotizimi, startap-akselerator, ko‘mak dasturi kabi tushunchalarga izoh berildi.
Startaplarni tashkil etishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilanadi: startaplarni amalga oshirish uchun yo‘nalishni, manbalarni va shartlarni tanlash erkinligi; startaplarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlaridan teng foydalanishni ta’minlash; ekologik, ilmiy, axloqiy me’yorlarga rioya qilish; inson hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Qonun loyihasi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.