O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirishda Finlyandiya tajribasi

  •   DiMaX
  •  343
  •  18.04.2019 15:49

O‘zbekistonda startaplarni rivojlantirishda Finlyandiya tajribasi

Kuni kecha Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida OTM vakillari va talabalar uchun startaplarni yaratish va rivojlantirish, Finlyandiyada startaplar rivojlanishi va moliyalashtirilishini qo‘llab-quvvatlash tajribasi haqida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Vazirlikning rasmiy sayti xabar bermoqda.

O‘QING: Andijondagi innovatsion loyihaga Jahon banki 140 ming dollar ajratdi

Seminarni innovatsion g‘oya va startap-loyihalarni intensiv qo‘llab-quvvatlash dasturi «Startup tashabbuslari» loyihasi doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va BMTning sa’y-harakati bilan Finlyandiyaning Helsinki Business Hub kompaniyasi katta biznes-konsultanti Mariya Xartikaynen o‘tkazdi.

Bugungi kunda Finlyandiya jahondagi ilg‘or innovatsion, ochiq va rivojlangan raqamli iqtisodiyotlarning top-beshtaligiga kiradi. Helsinki Business Hub tashkiloti biznesni rivojlantirishga ko‘maklashib, istiqbolli startaplarni tanlab oladi, ularga Xelsinkida biznesni boshlashda ko‘maklashadi.

So‘nggi yillarda Helsinki Business Hub turli mamlakatlardagi yosh tadbirkorlarga bizneslarini rivojlantirishda yordam berar ekan, avvalo startapning amaliy ahamiyati va g‘oyasiga e’tibor qaratadi.

Mariya Xartikaynen AKT, ekologik toza texnologiyalar va sog‘liqni saqlash sohalarida ishlab, innovatsiyalar bilan bog‘liq kompaniyalarning o‘sishi, shuningdek Finlyandiya bozoriga chiqishda ko‘maklashadi.

O‘QING: Rentgenda ham ko‘rinmaydigan kariyesni aniqlovchi innovatsion texnologiyalar O‘zbekistonda qo‘llanmoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!