O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ining rasmiy ofisi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘ining rasmiy ofisi ochilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, chorshanba kuni AKT vaziri Sherzod Shermatov TikTok kompaniyasi vitse-prezidenti Teo Bertram bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda TikTok vakillari dunyo bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarida yirik loyihalarni qilishayotganliklarini va ana shunday loyihalarni O‘zbekistonda ham amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan. Shuningdek, O‘zbekistonda TikTok foydalanuvchilari xavfsizligini ta’minlash, mamlakat qonunchiligi talablarini bajarish kabi masalalar muhokama qiligan va kompaniya vakillari platforma orqali tarqaladigan har-xil O‘zbekiston qonunlariga zid materiallar tarqalishining oldini olish uchun hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Shu bilan birga, AKT vazirligi tomonidan hamkorlikni kengaytirish maqsadida, kompaniya vakillariga O‘zbekistonda TikTok vakolatxonasini ochish bo‘yicha takliflar berilgan.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili shaxsga doir ma’lumotlar subektlari huquqlarini buzganligi TikTok va yana bir nechta ijtimoiy tarmoqlar O‘zbekistonda bloklangan edi, lekin foydalanuvchilar ularga VPN dasturlari bilan kirishda davom etishayotgandi. Kecha, 16-mart kuni soat 20:00 va 23:00 oralig‘ida esa bloklangan ijtimoiy tarmoqlarga, xususan, TikTok'ga VPN'larsiz erkin kirish qayd etilgan edi.

O‘QING: Tez orada Instagram'ga NFT qo‘shiladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.