O‘zbekistonda to‘liq ingliz tilli telekanal ochilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  759
  •  14.05.2020 08:55

O‘zbekistonda to‘liq ingliz tilli telekanal ochilishi mumkin

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga «Ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanalni tashkil etish haqida»gi petitsiya joylashtirildi. Bu xususda Sof.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

«Nafaqat yosh kelajak avlodni, shuningdek butun xalqimizni ingliz tilini bilish darajasini yana-da oshirish maqsadida davlat tomonidan yoki davlat sherikchiligi asosida barcha dastur va loyihalari faqatgina ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanal ochishni taklif qilaman», deyiladi murojaatda.

Ta’kidlanishicha, bugungi raqamli iqtisodiyot va globallashuv jarayoni – har qanday kasb egasidan sohani rivojlantirishda chet el tajribasidan foydalanish uchun ingliz tilini bilishni talab qilmoqda.

O‘QING: Ingliz tilini o‘rganish uchun 15 ta eng yaxshi ilova

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!