O‘zbekistonda veb-sayt egalariga muhim majburiyat yuklanmoqda

  •   DiMaX
  •  1085
  •  26.01.2021 13:17

O‘zbekistonda veb-sayt egalariga muhim majburiyat yuklanmoqda

Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi, deb yozmoqda Xabar.uz nashri. Endi veb-sayt egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekiston hududida saqlash majburiyati yuklandi.

O‘QING: Alvido, qog‘oz «proyezdnoy»: 1 fevraldan faqat elektron oylik yo‘l chiptalari amal qiladi

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan Internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.

Qonunchilikdagi ushbu o‘zgartirishlar uch oy ichida – aprelning o‘rtalaridan boshlab kuchga kiradi.

O‘QING: Ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotni endi tez va bepul – onlayn tarzda olishingiz mumkin