O‘zbekistonda VPN taqiqlanib, undan foydalanganlar jazolanadimi?

  •   DiMaX
  •  4756
  •  15.08.2018 12:12

O‘zbekistonda VPN taqiqlanib, undan foydalanganlar jazolanadimi?

13 avgust kuni telekommunikatsiyalar tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritilishini ko‘zda tutuvchi hujjat loyihasi e’lon qilingan edi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ushbu yangilik ba’zi OAVlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganini ma’lum qildi. Bu xususda «Gazeta.uz» xabariga tayanib Daryo nashri yozmoqda.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

«Jinoyat kodeksiga taklif qilinayotgan o‘zgartirishlar (EKOIHning 100 barobaridan 300 barobarigacha jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) tijorat asosida xalqaro muzokaralarni tashkil qilish bo‘yicha noqonuniy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga qarshi qaratilgan. Bunda gap xalqaro trafikning o‘tkazilishi haqida bormoqda», – deyishdi vazirlikda.

Ta’kidlanishicha, axborot yoki axborot manbalaridan foydalanishni cheklash, shuningdek, buning uchun shaxsiy maqsadlarda yoki biznes uchun VPN-tarmoqlar, VPN-kanallar, proksi-serverlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqilmayapti.

Foto: «Gazeta.uz»

«Ma’muriy javobgarlik haqidagi kodeksga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar (EKOIHning 10 dan 20 barobarigacha, mansabdor shaxslar uchun — 20 dan 50 barobarigacha, huquqbuzarlik vositasini musodara qilgan holda) noqonuniy ravishda telekommunikatsiyalar tarmog‘idan foydalangan shaxslarga qarshi yo‘naltirilgan. Masalan, bundan tijoriy daromad olishni ko‘zlamasdan, bepul telefon aloqasi yoki internetdan foydalanish uchun kodni buzib qo‘shnisining Wi-Fi tarmog‘i yoki telefon liniyasiga ulangan shaxslarga qarshi», – deyiladi vazirlik xabarida.

O‘QING: Telegram'ga VPN orqali kirish qonuniymi? Roskomnadzor javob berdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!