O‘zbekistonda yana bir ijtimoiy tarmoq bloklandi

  •   DiMaX
  •  3050
  •  27.07.2021 09:01

O‘zbekistonda yana bir ijtimoiy tarmoq bloklandi

Xabaringiz borki, 2021 yilning 2 iyul kuni O‘zbekistonda TikTok hamda Twitter servislariga cheklov o‘rnatilgan edi. O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarni bloklash jarayoni davom etmoqda, bu haqda EVERYDAY.UZ nashri xabar qildi.

O‘QING: Rasmiy xabar: Telegram ham O‘zbekistonda bloklanadimi?

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, TikTok, Twitter, VKontakte va Skype bloklangandan so‘ng WeChat ijtimoiy tarmog‘i ham bloklandi. Bloklash bo‘yicha qaror O‘zkomnazorat tomonidan qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, bloklangan ijtimoiy tarmoqlar O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgan. Ta’kidlash joiz, tarmoqlarni bloklash ishlari iyul oyi boshida boshlandi. O‘zbekistonliklar ushbu tarmoqlarga ulanish uchun o‘z gadjetlariga VPN o‘rnatmoqda. Ushbu dasturlar tarmoqlar bloklangandan so‘ng eng ko‘p yuklab olinganlar qatorida bo‘lib turibdi.

O‘QING: Ekspert: «Odamlarning ommaviy VPN ishlatishi – davlatga ziyon»

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!